πŸƒβ€β™‚οΈ Farg'ona vodiysining yugurish jamoasi

πŸ”₯ Fun Run β€” har shanba, 05:30 yig'ilish Β· 06:00 start

Fergana Runners

Farg'ona yugurish klubi β€” har shanba ertalab San'at saroyidan bepul 5 km Fun Run, birga mashq va marafonlarga tayyorgarlik. Endi boshlayotganlardan ultramarafonchilargacha β€” hammaga joy bor.

100+Strava klubi a'zolari
40+har hafta faol yuguruvchi
18Zaamin Ultra 2026 ishtirokchisi
5–50 kmmasofalar: yengil yugurishdan ultragacha
Biz haqimizda

Fergana Runners β€” Farg'onadagi yugurish hamjamiyati

Hammasi IronReaders β€” kitobsevarlar va yuguruvchilar Telegram jamoasidan boshlangan. Bugun bu Farg'ona shahridagi eng faol yugurish klubi: Farg'ona, Marg'ilon, Qo'qon, Quva, hatto Andijon va Toshkentdan yuguruvchilar biz bilan birga trenirovka qiladi.

Strava klubimizda 100 dan ortiq yuguruvchi bor va har hafta 40 dan ortig'i faol kilometr yig'adi β€” dushanba kunlari haftalik reyting e'lon qilinadi, raqobat qizg'in! Jamoamiz Silk Road Kokand yarim marafonida, Zaamin Ultra tog' treylida va Talaba Yugur startlarida muntazam qatnashadi.

Biz uchun yugurish β€” sog'lom turmush, kuchli iroda va do'stlar davrasi. Marafondan keyin esa an'anaviy osh va choyxona ham bor πŸ˜‰

Fun Run 5 km Long run 20 km+ Marafon tayyorgarligi Tog' treyli Recovery yugurishlar Kitobxonlik πŸ“š
Haftalik jadval

Mashg'ulotlar: qachon va qayerda yuguramiz

Asosiy yig'ilish joyimiz β€” Farg'ona shahri, San'at saroyi maydoni (bayroq tagida 🚩).

Fun Run β€” har shanba

Musobaqa emas, bepul va hamma uchun: 5 km yengil temp, har kim o'z tezligida. Keyin suhbat va kichik kitob muhokamasi. Botda bir marta ro'yxatdan o'ting, keyin har hafta "Kelaman" tugmasini bosing.

⏰ Shanba: yig'ilish 05:30 Β· start 06:00 πŸ“ San'at saroyi, Farg'ona πŸ€– @Fargona_marafon_bot

Phoenix Pack jamiyati

Fergana Runners β€” O'zbekistondagi Phoenix Pack yugurish jamiyatining klublaridan biri. Jamoaviy reyting va umumiy startlar shu jamiyat orqali yuritiladi.

🌐 phoenix-pack.uz

Kechki recovery yugurishlar

Og'ir mashg'ulotlardan keyin tiklanish: 3–6 km yengil tempda, suhbat bilan. Yangi qo'shilganlar uchun eng qulay boshlanish nuqtasi.

⏰ 20:00 – 21:00 πŸ“ San'at saroyi, Farg'ona
Kelgusi startlar

Kelgusi musobaqalar β€” birga boramiz

Klub a'zolari qatnashishni rejalashtirgan startlar. Transport va joylashuvni guruhda birga kelishamiz.

Mehmon yuguruvchi Β· Ipak yo'li

Ria Xi β€” 20 000 km yo'lda, Farg'ona vodiysi orqali

Dunyoda birinchi bo'lib butun Ipak yo'lini β€” Vladivostokdan Lissabongacha β€” yugurib o'tayotgan ultramarafonchi tez orada bizning vodiydan o'tadi. Uni kutib olamiz va yo'lning bir qismini birga yuguramiz!

Ria Xi β€” xitoylik ultramarafonchi (@whereisriax). 2026-yil 1-mayda Tinch okeani qirg'og'idagi Vladivostokdan yo'lga chiqib, qadimiy Ipak yo'li bo'ylab 17 davlat orqali Atlantika qirg'og'idagi Lissabongacha β€” jami 20 000 km masofani yugurib o'tmoqda. Har kuni ~50 km; hozirga qadar 7 000 km dan oshiq yo'l bosib o'tdi. Loyiha nomi β€” β€œ20000km Experiment”, mo'ljal: 2027-yil yoziga Lissabon.

Marshruti Markaziy Osiyo orqali β€” jumladan Farg'ona vodiysi (Andijon, Farg'ona, Qo'qon), Toshkent va Samarqand orqali o'tadi. Fergana Runners jamoasi uni kutib olishni va birga 5–10 km yugurishni rejalashtirmoqda. Aniq sana va yig'ilish nuqtasi Telegram guruhimizda e'lon qilinadi β€” yangilikni shu yerdan ko'ring.

20 000km β€” Vladivostok β†’ Lissabon
17davlat Β· Tinch okeanidan Atlantikagacha
~50km har kuni
2026–271-may 2026 β†’ 2027-yoz
2026 mavsum

Natijalarimiz va yutuqlarimiz

Fun Run 1 β€” 20-sentyabr

Klubning birinchi Fun Run'i San'at saroyida o'tdi: 30 ga yaqin ishtirokchi 5, 10 va 21.1 km masofalarda birga yugurdi, keyin piknik bo'ldi. Hozir Fun Run har shanba β€” hisobotni o'qing.

Silk Road Kokand β€” 24-may

27 davlatdan ~4000 ishtirokchi yig'ilgan yarim marafonda klubimiz 5, 10 va 21 km masofalarda yugurdi. A'zomiz rasmiy peyser sifatida 1:45 guruhini olib bordi, jamoada yangi shaxsiy rekordlar β€” yarim marafonda 1:56:21 va umumiy hisobda TOP-15 natija.

Zaamin Ultra β€” 13–14 iyun

Zomin milliy bog'idagi tog' treyliga klubdan 18 kishi bordi: 5 km dan 50 km ultragacha. 759 m balandlik yig'ilgan 21 km va 50 km masofalarni a'zolarimiz muvaffaqiyatli finish qildi. 🏁

Talaba Yugur va Strava reytingi

Talabalarimiz Talaba Yugur startida kurs bo'yicha yuqori o'rinlarni olib, sport stipendiyasiga nomzod bo'lishdi. Strava klubimiz esa 100+ a'zoga yetdi β€” endi maqsad 500! πŸš€

Qo'shilish β€” bepul

3 qadamda Fergana Runners a'zosi bo'ling

Hech qanday to'lov, hech qanday shart yo'q β€” faqat yugurish istagi bo'lsa bas.

Telegram guruhga kiring

Barcha e'lonlar, mashg'ulot vaqtlari va marafon safarlari t.me/IronReaders guruhida kelishiladi.

Strava klubga a'zo bo'ling

Strava klubimizga qo'shiling β€” yugurishlaringiz haftalik reytingga tushadi va jamoa bilan raqobatlashasiz.

Mashg'ulotga keling

Shanba 05:30 da San'at saroyiga keling β€” 06:00 da Fun Run starti. Avval botda ro'yxatdan o'ting.

FAQ

Ko'p so'raladigan savollar

Fergana Runners klubiga qanday qo'shilsam bo'ladi?

A'zolik bepul. Telegram guruhimizga (t.me/IronReaders) kiring, Strava klubimizga a'zo bo'ling va yaqin mashg'ulotga keling β€” shu bilan siz jamoadasiz.

Yangi boshlayotganlar ham qatnasha oladimi?

Albatta. Klubda 13 yoshdan 60+ yoshgacha, endi boshlaganlardan ultramarafonchilargacha yuguruvchilar bor. Yengil 3–6 km recovery yugurishlardan boshlash mumkin, jamoa temp va texnika bo'yicha maslahat beradi.

Mashg'ulotlar qayerda va qachon o'tadi?

Asosiy yig'ilish joyi β€” Farg'ona shahri, San'at saroyi maydoni. Har shanba 05:30 da yig'ilib, 06:00 da 5 km Fun Run start oladi; kechki yengil yugurishlar 20:00–21:00 da.

Fun Run nima va unga qanday yozilaman?

Fun Run β€” har shanba ertalab San'at saroyi maydonida o'tadigan bepul 5 km yugurish. Bu musobaqa emas: har kim o'z tempida yuguradi. Telegram botda bir marta ro'yxatdan o'ting, keyin har hafta "Kelaman" tugmasini bosing. Yig'ilish 05:30, start 06:00.

Phoenix Pack nima?

Phoenix Pack β€” O'zbekistondagi yugurish jamiyati; Fergana Runners uning tarkibidagi klublardan biri. Jamiyat reytingi va yangiliklari phoenix-pack.uz saytida.

Klub a'zoligi pullikmi?

Yo'q, klub va barcha jamoaviy mashg'ulotlar bepul. Faqat rasmiy marafonlarda (Silk Road, Zaamin Ultra, Samarkand Marathon va boshqalar) qatnashish uchun tashkilotchilarning slot to'lovi bo'ladi.